O‘zbekiston | 10:42 / 14.02.2024
16052
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Gulnora Ahmedova Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Gulnora Abdullayeva boshqa ishga o‘tayotganligi sababli vazifasidan ozod etilgan. 

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Ahmedova Gulnora Mahmudovna Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gulnora Ahmedova 1974 yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida umumta’lim maktablari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va direktori lavozimlarida, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

U tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bugungacha Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Gulnora Abdullayeva boshqa ishga o‘tayotganligi sababli lavozimidan ozod etilgan. U 2022 yil 9 mart kuni ushbu lavozimga tayinlangandi.

Mavzuga oid