Navoiyda “Aqlli chorraha” loyihasi va “Yashil yo‘lak” rejimi sinovdan o‘tkazildi
Sun’iy intellekt yordamida mashinalar oqimini boshqaruvchi “Aqlli chorraha” qurilmasi Navoiy shahridagi eng gavjum chorrahada tirbandlikni 45 foizga kamaytirgan.
Navoiy shahrida yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan “Aqlli chorraha” loyihasi hamda loyihaning bir qismi bo‘lgan “Yashil yo‘lak” rejimi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga loyiha tashabbuskorlari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Aqlli chorraha”ni sun’iy intellekt boshqaradi: chorrahaning qaysidir qismida tirbandlik yuzaga kelgan bo‘lsa, svetofor avtomatik ravishda yashil chiroqni yoqib, harakatda o‘sha yo‘lakdagi mashinalarga ustunlik beradi. Qurilmaning yana bir qulayligi, u elektr-energiyasiz ham 8 soat davomida ishlashi mumkin.
“Aqlli chorraha” sinovi Navoiy shahridagi eng gavjum bo‘lgan chorrahada sinovdan o‘tkazilgan. Sinov jarayonida chorrahadagi tirbandlik 45 foizga kamaygan. Hozirda qurilma shahardagi uchta chorrahaga o‘rnatilgan.
Shuningdek, 11 fevral kuni loyihaning bir qismi bo‘lgan “Yashil yo‘lak” rejimi ham sinovdan muvaffaqqiyatli o‘tkazilgan.
Mazkur rejim favqulodda holatlarda maxsus tansport vositalari shahar bo‘ylab tezkor harakatlanishi uchun imkon yaratadi. Ya’ni, sun’iy intellekt masofadan svetoforlarni boshqarib, tez yordam, o‘t o‘chirish hamda jamoat transportlari uchun yashil chiroqni yoqib beradi.
Oldinroq Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Kun.uz’ga bergan intervyusida Navoiy shahrida “Aqlli chorraha” loyihasi ustida ish olib borilayotgani, loyihaning birinchi qismi tugatilib, taqdimot qilingani hamda qayta ishlashga berilgani, bu ishni aynan navoiylik yoshlar amalga oshirayotgani haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 30.11.2024
Navoiyda 162 xonadonli “novostroyka” 425 kishiga sotilgan. Jabrlanuvchilar tergovdan norozi
09:11 / 29.11.2024
Eski ToshMI va sobiq «Toshselmash» bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi
08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
17:56 / 16.05.2024