O‘zbekiston | 08:47 / 14.02.2024
9222
1 daqiqa o‘qiladi

Ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi

Vohid Hamidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimni tark etgan.

Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Vohid Hamidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

U bu lavozimga 2023 yil 1 iyun kuni tayinlagandi.

Ma’lumot uchun, bu markaz ta’lim jarayoniga zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilish uchun tashkil etilgan.

Mavzuga oid