Avdiyivka uchun jang. Rossiya armiyasi shaharni egallashi arafasidagi so‘nggi kunlar
Ukrainadagi urushning 724-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Avdiyivkani to‘liq egalladi.
- Volodimir Zelenskiy xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida chiqish qilib, Putinda «faqat ikkita ehtimoliy yakun borligini aytdi — Haaga tribunali yoki hozir u uchun o‘ldirayotganlar tomonidan biri qo‘lida o‘lim topish».
- Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi yadroviy kosmik qurol ishlab chiqishga urinmoqda, deb xabar qildi CNN.
- Ukraina QK Rossiya hududlari bo‘ylab dronlar orqali yoppasiga hujum uyushtirdi. RF mudofaa vazirligi beshta region ustida 33 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
- Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakat parlament Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi bo‘yicha hujjatni 26 fevral kuni boshlanadigan keyingi sessiyada ratifikatsiya qilishiga va’da berdi.
Avdiyivka — Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk chekkasida 2015 yilda barpo etilgan mustahkam istehkomi edi. Rossiya armiyasi Avdiyivka tomon 2023 yil oktyabrida yirik yurish boshladi — va katta yo‘qotishlarga uchradi. 17 fevral kuni RF qurolli kuchlari baribir butun shahar hududini, jumladan shahardagi asosiy istehkomlardan biri bo‘lgan kokskimyo zavodini ham o‘z nazoratiga oldi.
Z-kanallar rossiyalik harbiylar Avdiyivkaning turli nuqtalarida o‘z bayroqlarini o‘rnatayotgani aks etgan foto va videolarni tarqatmoqda: shaharning g‘arbiy chekkasidagi Madaniyat va texnika saroyi, shuningdek kokskimyo zavodida ham.
The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Avdiyivkadan 15 fevral kuni olib chiqila boshlagandi. Shu kuni RF qo‘shini shaharga shimoli-g‘arbdan kirib kelish qismi ustidan nazorat o‘rnatdi va ichkaridagi garnizon ta’minoti to‘xtatildi. 16 fevral kuni ukrainalik harbiylar shahar janubidagi istehkomlardan chekinishdi. 17 fevralga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari armiya Avdiyivkani tashlab chiqqanini tasdiqladi. Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov «insonlar hayotini saqlab qolish qarori to‘g‘ri bo‘lgani» va «shahar hali qaytarib olinishi»ni aytdi.
Selidovo o‘qqa tutilishi oqibatlari
14 fevralga o‘tar kechasi rus qo‘shini Donetsk oblastining Selidovo shahridagi turar joy va shifoxonaga raketa zarbalari yo‘lladi. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgan — ular orasida homilador ayol ham bo‘lgan; 12 kishi yaralangan — jumladan to‘rt nafar bola ham. Quyida ushbu hujum oqibati aks etgan suratlar.
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi barqarorlashtirish punkti
Shimoliy Don daryosi orqali o‘tgan ko‘prikning ta’mirlanishi
Svyatogorsk — Donetsk oblastidagi shahar. Rossiya qo‘shini uni 2022 yil iyun oyi boshida ishg‘ol etgan, o‘sha yil sentabrida esa Svyatogorsk ukrain armiyasi tomonidan ozod etilgan. Rossiyaliklar shaharni egallagan bo‘lsa-da, Shimoliy Don daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Svyatogorsk lavri Ukraina QK nazoratida qolgandi. Rossiyalik harbiylar lavr hududini bir necha bor o‘qqa tutgan, 2022 yil may oyida Shimoliy Don orqali o‘tgan ko‘priklar portlatilgan. Quyida ukrain ishchilari tomonidan qaytadan tiklangan ko‘priklardan biri aks etgan.
Kupyanskda gumanitar yordam tarqatilishi
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024