Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti etib saylandi
Bugun, 19 fevral kuni Qirg‘iziston futbol ittifoqining navbatdan tashqari kongressi o‘tkazilib, mamlakat futbolining yangi rahbari saylandi.
Bishkekda o‘tgan kongressda Qirg‘iziston milliy jamoasining Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatsizligi ortidan QFI prezidenti Mederbek Sidikovning iste’foga chiqarilgani rasman ma’lum qilindi.
Yangi rahbar etib mamlakat futbol ittifoqi prezidentligiga yagona nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev saylandi.
Qirg‘iziston futbol ittifoqi birinchi vitse-prezidenti etib Nurdin Bukuyev saylandi. Ushbu sobiq hakam futzal bo‘yicha jahon chempionatlari rekordchisi sanaladi.
Avvalroq, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat futbol ittifoqi rahbarligiga Tashiyev nomzodini taklif etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Osiyo kubogi-2023 bahslarida faqat Ummon bilan durang (1:1) qayd etgan holda turnirni guruh bosqichida yakunladi. O‘zbekiston va Tojikiston ushbu turnirda chorakfinalga yo‘llanma olganidan bir kun o‘tib, QFIning amaldagi rahbari Mederbek Sidikov iste’foga chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024