O‘zbekiston | 14:33 / 19.02.2024
2787
1 daqiqa o‘qiladi

Stokholmda Orol muammosi bo‘yicha O‘zbekiston–Shvetsiya muzokaralari o‘tkazildi

O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Shvetsiya Orol dengizi jamiyati rahbari Bo Libert bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: «Dunyo» AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va Shvetsiya Orol dengizi jamiyati o‘rtasidagi 25 yillik hamkorlik aloqalarining joriy holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar 2024 yilda shved tashkiloti tomonidan mamlakat oliy ta’lim muassasalari uchun suv resurslarini boshqarish va barqaror rivojlanish sohasida onlayn kurslarni davom ettirish va yangi loyihalar ustida birga ishlash masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston elchixonasi va Shvetsiya Orol dengizi jamiyati hamkorligida davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid