O‘zbekiston | 13:16 / 20.02.2024
14514
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2 ta elektrobus va «Kobalt» ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida YUTONG rusumli elektrobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, bugun, 20 fevral kuni soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasi sotuv ofisi qarshisida 1997 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektrobus bilan YTH qayd etilgan.

Haydovchi elektrobusni boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tug‘ilgan X.M boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtoulov bilan to‘qnashgan, so‘ngra D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektrobus 1986 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektrobus bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida D.S. boshqaruvida bo‘lgan elektrobusning 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid