O‘zbekiston | 14:21 / 20.02.2024
5746
2 daqiqa o‘qiladi

Turizm qo‘mitasi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Prezidentning «Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Foto: KUN.UZ / Muhammadjon G‘aniyev

Hujjatga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

hududlarda turizm bozorining turli segmentlariga mo‘ljallangan va hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
milliy hunarmandchilik, ayniqsa suvenir mahsulotlarining raqobatbardoshligi va sifatini, turistlar uchun ular jozibadorligini yanada oshirish, shuningdek hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish;
hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish, xalqaro me’yor va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish.
 
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • 2024 yilda Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2024 yilda xorijiy turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish reja-jadvali;
  • Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, shuningdek zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
  • Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Arab davlatlari va Rossiya Federatsiyasidan turistlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.

Mavzuga oid