O‘zbekiston | 07:32 / 26.02.2024
1896
1 daqiqa o‘qiladi

Misrdan gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining 2024 yildagi oltinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. 

Foto: «Dunyo» AA

“Dunyo” xabariga ko‘ra, 25 fevral kuni olib kelingan dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bir nafar bemorning 3 oylik to‘liq davolash kursi uchun 6 qadoq dori kerak bo‘ladi. Mazkur davolash kursining Misrdagi o‘rtacha narxi 31 dollar bo‘lsa, O‘zbekistonda joriy yilga qadar 100 dollarga baholanib kelingan.

Misr hukumati taqdim etadigan 800 ming dona dori vositasi jami 133 ming bemorga yetadi. 

Mavzuga oid