O‘zbekiston | 07:50 / 28.02.2024
4941
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxonalar fosh etildi

Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi, DXX Toshkent shahar boshqarmasi va Hududgaz Poytaxt gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda fuqarolar E.A., U.K. va boshqalar “Sharq haqiqati” MFY hududidagi 2 ta xonadonda tashkil etilgan issiqxonalarni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘ri yo‘li bilan ulab, jami 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid