Shols: Bundesver askarlarini Ukrainaga yubormayman
Rossiyaning Ukrainadagi urushi «Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushga» aylanib qolmasligi kerak, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. Shu sababli, nemis askarlari Ukrainaga yuborilmaydi, deb va’da berdi u.
Olaf Shols o‘zi boshchiligidagi Germaniya hukumati nemis harbiylarini Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun yuborishni qat’iyan rad etganini tasdiqladi. «Germaniya federal kansleri sifatida men Ukrainaga qurolli kuchlarimiz askarlarini yubormayman», dedi Shols 28 fevral, chorshanba kuni kechqurun e’lon qilingan videomurojaatda.
«NATO bu urush taraflaridan biri emas va bo‘lmaydi ham», - dedi Shols Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushga aylanishini» istamasligini ta’kidlab. Uning qo‘shimcha qilishicha, Berlinning bu boradagi pozitsiyasi ittifoqdoshlari bilan aynan bir xil. «Va bu shuni anglatadiki: Germaniya urushda qatnashmaydi!» - dedi Olaf Shols.
Yevropa hozirda Rossiyaning Ukrainaga qarshi «shafqatsiz urushi»ga qarshi turish uchun nima qilish mumkinligini muhokama qilmoqda, Germaniya hamkorlari va ittifoqchilari bilan birgalikda Kiyevga yordamni kuchaytiradi. «Hozirda jasur Ukraina armiyasi o‘q-dorilar va qurollarga, ayniqsa havo hujumidan mudofaa uchun eng katta ehtiyojga ega», deb hisoblaydi Shols.
Makronning Ukrainaga G‘arb askarlarini yuborish ehtimoli haqidagi bayonoti
Yevropa davlatlarida G‘arb mamlakatlaridan Ukrainaga qo‘shin yuborilishi mumkinligi haqidagi muhokamaga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning shu mavzudagi rezonansli bayonoti sabab bo‘ldi. «Bugun quruqlikdagi qo‘shinlarni (Ukrainaga) rasman yuborish masalasida konsensus yo‘q, ammo hech narsani inkor etib bo‘lmaydi», dedi u 26 fevral kuni Ukrainaga yordam bo‘yicha Parijda bo‘lib o‘tgan sammit yakunida.
Mavzuga oid
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
16:21 / 25.12.2024