Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Habibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlangan.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bundan vazirlik saytidagi ma’lumotlar darak beryapti.
Timur Butunbayev vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 1986 yil 6 noyabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ta’lim bo‘yicha huquqshunos.
Mehnat faoliyatini 2009 yilda Toshkent shahri Yashnobod tumani IIB tergovchisi sifatida boshlagan. 2010−2017 yillarda IIVning turli lavozimlarida ishlagan. 2018−2024 yillarda prezident administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Habibulla Quvondiqov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U 1978 yil 13 iyulda Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent moliya institutini, 2006 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
2022 yilda u Wall Street Consult kompaniyasida moliyaviy maslahatchi lavozimida ishlagan, 2023-2024 yillarda esa muhandislik inshootlarini qurish bilan shug‘ullanuvchi UET Construction kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024