O‘zbekiston | 12:00 / 01.03.2024
36063
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilyapti

Mart oyining dastlabki kunlari O‘zbekiston aholisini bahoriy ob-havo bilan quvontirmaydi.

Foto: Kun.uz

1-3 mart kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida asosan bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduzi havo harorati +2...+7 daraja, respublika janubida esa g‘ayrioddiy bo‘lsa ham -3...+2 darajadan past bo‘ladi. 

Respublika hududi bo‘yicha dam olishi kunlari harorat kechalari asosan -3...+2 daraja, kunduz kunlari +0...+5 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 mart kunlari 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun kechga tomon biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, 2-3 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari -1...+1 daraja, kunduz kuni 1 martda +4...+6 daraja, 2-3 martda +1...+4 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.

Mart oyining birinchi kunlarida harorat foni bahorning boshlanishi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga past bo‘ladi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli past, o‘shanda mart oyida havo harorati +20...+25 darajaga yetgan.

Ammo keyingi hafta, biroz kechikish bilan bo‘lsa ham, bahor o‘z ta’sirini o‘tkazadi va havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi.

Mavzuga oid