O‘zbekiston | 07:45 / 05.03.2024
3880
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda dizel yonilg‘isini sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining ikki tumanida dizel yonilg‘isini sotayotgan shaxslar ushlandi. 

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.G‘. jami 1 250 litr dizel yonilg‘isini fuqaro A.B.ga 11,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, Bektemir tumanidagi unga tegishli omborxonadan sotish uchun saqlab qo‘yilgan 3 600 litr dizel yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent kichik halqa yo‘li bo‘yida noqonuniy yonilg‘i savdosi bilan shug‘ullanib kelgan J.R. 200 litr dizel yonilg‘isini 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid