Jahon | 10:57 / 06.03.2024
4039
2 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyalik oligarx Yevropolga qarshi sudda g‘alaba qozondi

Marian Kochnerga shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilingani uchun tovon puli berildi. Ilgari u ikkita qotillikka buyurtma berganlikda ayblangan, ammo oqlangan.

Foto: Petr David Josek/AP

Slovakiyalik tadbirkor Marian Kochner 5 mart, seshanba kuni Lyuksemburgdagi Yevropa sudida (EuGH) Yevropa Ittifoqi politsiya xizmatiga qarshi sudda g‘alaba qozondi. Kochnerga Yevropol uning telefon suhbatlari ma’lumotlarini ruxsat etilmagan shaxslarga bergani uchun 2000 yevro miqdorida tovon puli tayinlangan. Kochnerning shaxsiy suhbatlari ma’lumotlari Slovakiya matbuoti tomonidan e’lon qilingan, bu esa tadbirkor shaxsiy daxlsizlik huquqini buzgan va uning obro‘siga putur yetkazgan, deydi sudyalar. 

Slovakiyalik multimillioner 2021 yilda Yevropa Ittifoqi Adliya sudi (EuG) uning da’vosini rad etganidan keyin Yevropolni Yevropa sudiga berdi. Kochner 100 000 yevro miqdorida tovon puli talab qildi. 

Ikkita qotillikka buyurtma berganlik ishi bo‘yicha oqlangan 

2023 yil 19 mayda Slovakiya sudi besh yil avval jurnalist Yan Kutsiyak va uning kelinini o‘ldirishga buyurtma berganlikda ayblangan slovakiyalik multimillionerni dalil yo‘qligi uchun oqladi. Slovakiya prokurori Kochner va yana ikki ayblanuvchiga 25 yil qamoq jazosini talab qildi. 

Tekshiruv davomida Yevropol Kochnerning ikkita mobil telefonidan shaxsiy ma’lumotlarni olib qo‘ydi va keyin ularni Slovakiya rasmiylariga topshirdi. Keyinchalik, Kochnerning ushbu telefonlardan o‘tkazilgan shaxsiy suhbatlari ma’lumotlari Slovakiya matbuotida e’lon qilindi. 

Mavzuga oid