O‘zbekiston | 07:30 / 08.03.2024
11987
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning olti hududida yana qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” oltita viloyatda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi .

Foto: Kun.uz

2024 yil 8—14 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Jumladan: 

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida; 
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; 
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi bor.

Mavzuga oid