Toshkentda Telegram orqali o‘zgalarning pulini o‘g‘irlagan yigit ushlandi
U odamlarning bank kartalari ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, mablag‘larni o‘zlashtirib kelgan.
Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 20 yoshli N.A. qo‘lga olindi. U odamlarning pullarini internet orqali o‘g‘irlab kelgan.
Qayd qilinishicha, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank kartasidan 43,2 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘g‘irlanganini aytgan.
Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 20 yoshli N.A. sodir etgani aniqlangan.
U internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmundagi havolani jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali pullarni o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
20:40 / 28.11.2024
TikTok o‘smirlarga «go‘zallik filtrlari»dan foydalanishni cheklaydi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024