Kuleba: Ukraina cheksiz miqdorda harbiy yordamga muhtoj
Ukrainaga «tomchi» yordam endi ish bermayapti, deb hisoblaydi mamlakat tashqi ishlar vaziri.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa davlatlarini mamlakatga qurol va o‘q-dorilarning «cheksiz va o‘z vaqtida» yetkazib berilishini ta’minlashga chaqirdi. «Ukrainaga tomchi-tomchi yordam berish strategiyasi endi ish bermayapti. Agar hamma narsa hozirgidek davom etsa, demak, hech kim uchun yaxshilik bilan tugamaydi», dedi Kuleba 8 mart, juma kuni Vilnyusda Latviya, Litva, Estoniya va Fransiya TIV rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida.
Ukraina diplomatiyasi rahbarining fikricha, Yevropada tinchlik davri tugadi. Va endi «zaif qarorlar» - «katta urushlarga», «kuchlilari» esa - ularning tugashiga olib keladi.
Kuleba Ukrainada xorijlik harbiylar mavjudligi bilan bog‘liq hech qanday muammo ko‘rmayapti
Dmitriy Kuleba, shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga harbiy xizmatchilarni yuborish imkoniyatini inkor etib bo‘lmaydi, degan so‘nggi bayonotiga ham izoh berdi. «2014-2022 yillar oralig‘ida Ukrainada ko‘plab o‘quv missiyalari juda samarali faoliyat ko‘rsatdi. Men bu davom etmasligi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman», dedi u.
Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden xalqqa murojaatida Ukrainaga Amerika qo‘shinlarini jo‘natish niyatida emasligini aytgan edi. Ammo shu bilan birga, u mamlakatga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish haqida gapirdi.
Zelenskiy ham Ukrainaga yordam kechiktirilganidan shikoyat qildi
2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kupyansk yaqinidagi Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga tashrif buyurganidan so‘ng, Rossiya armiyasi ittifoqchilar tomonidan Ukrainaga yordam berish kechikishidan foydalanayotganini aytdi. Shu sababli, uning so‘zlariga ko‘ra, frontning bir qancha qismlarida «juda og‘ir vaziyat» yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024