O‘shda O‘zbekiston-Qirg‘iziston demarkatsiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘sh shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, 4-8 mart kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilindi va 2024 yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, demarkatsiya xaritalarini yaratish va maxsus (umumiy) geodezik tarmoqlari muhokama qilindi.
Muzokaralar do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik ruhida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarning avvalgi raundi 2023 yil 21-26 noyabr kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlatlararo chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi va chegaraning ayrim uchastkalarida zarur dala o‘rganishlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024