Jamiyat | 08:11 / 13.03.2024
16327
1 daqiqa o‘qiladi

Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib, ketib qoldi

Farg‘ona shahrida Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib, voqea joyidan ketib qoldi. 

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, mazkur videotasvir va undagi holatlar Farg‘ona viloyat IIB tomonidan to‘liq nazoratga olindi. 

Jamoat joyida haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegishli maxsus vositani olib, ketib yuborgan fuqaro M.Sh. aniqlanib, ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi.

“Damas’da qatnayman. Inspektor noto‘g‘ri parkovka qilinganini aytdi. Jarima qimmatligidan jahlim chiqib so‘kindim va ratsiyasini olib ketdim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — deydi haydovchi.

Mavzuga oid