Sport | 21:53 / 13.03.2024
39537
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi Germaniya milliy jamoasidan chaqiruv oldi

«Shtutgart» klubining asli o‘zbekistonlik himoyachisi Valdemar Anton ilk marta Germaniya milliy jamoasidan chaqiruv oldi. Bu haqda Sky Spors xabar bergan.

Foto: Getty Images

27 yoshli markaziy himoyachi Bundesliga joriy mavsumida «Shtutgart» safida 25 o‘yinda maydonga tushib, 3ta assistga mualliflik qilgan va hozirda klubi bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Valdemar Anton 1996 yil O‘zbekistonning Olmaliq shahrida tug‘ilgan bo‘lib, keyinchalik Germaniyaga ko‘chib borgan. «Gannover» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish futbolchi bungacha Germaniya yoshlar jamoasida ham to‘p surgan. 2020 yil esa «Shtutgart» safiga o‘tgandi.

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Fransiya va Niderlandiyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun Valdemarni ham taklif etgan. U bu bahslarda himoya markazida Antonio Ryudiger bilan tandem hosil qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil avval Antonni O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoasi o‘z safiga taklif etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan, yakunda u Germaniya yoshlar jamoasi taklifiga rozilik bildirgandi.

Mavzuga oid