Iqtisodiyot | 07:20 / 14.03.2024
15569
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki oyda eng ko‘p soliq to‘lagan yirik soliq to‘lovchilar aytildi

2024 yil yanvar-fevral oylarida 2 186 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan 17 trln so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi. 

Foto: Shutterstock

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 8,7 trln so‘mi davlat ulushi mavjud top-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi. Ushbu o‘nlikda soliq to‘lovlari bo‘yicha “Navoiy kon metallurgiya kombinati” yetakchilik qilmoqda – 4,5 trln so‘m.

Yirik soliq to‘lovchilar: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” – 1,3 trln so‘m; “Hududgazta’minot” – 677,9 mlrd so‘m; “O‘zbekneftgaz” – 525,9 mlrd so‘m; Uzbektrade – 523,9 mlrd so‘m.

1,3 trln so‘mi xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri keladi. Reytingda UZ BAT – 436 mlrd so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Mavzuga oid