O‘zbekiston | 09:12 / 15.03.2024
22205
1 daqiqa o‘qiladi

Bekzod Mavlonov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Bekzod Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Bekzod Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan u O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Bekzod Mavlonov o‘z faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida xizmat qilgan. U O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Mavzuga oid