Kelasi hafta o‘zbekistonliklarni uzun dam olish kunlari kutmoqda
Navro‘z bayramida ish haftasi davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi.
2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi 4 kun dam oladi:
- 21 mart — payshanba (Navro‘z bayrami);
- 22 mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
- 23 mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
- 24 mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).
Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Mavzuga oid
12:15 / 06.12.2024
Dekabrda o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?
07:13 / 27.08.2024
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi
08:36 / 23.03.2024
Navoiyda Navro‘z kunlari urush qahramonlari yo‘qlandi
10:25 / 19.03.2024