O‘zbekiston | 08:14 / 19.03.2024
49263
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti 

20-22 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” 20-22 mart kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sharoiti to‘g‘risida ogohlantirdi.

20-22 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

20-21 mart kunlari shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, 20-22 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid