Toshkentdagi «Eski Juva» bozorida Milliy gvardiya soxta xodimi qo‘lga olindi
Poytaxtdagi “Eski Juva” bozorida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb qilinib xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan soxta xodim qo‘lga olindi.
Joriy yilning 17 mart kuni soat 13:05 larda poytaxtning “Eski Juva” bozori hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlarining sergakligi tufayli ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qo‘lga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, u Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turadi.
Ushbu fuqaro Shayxontohur tumani IIB mas’ul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:14 / 20.12.2024
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi
17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar
09:59 / 14.12.2024
Yunusobod bozorida qayta qurish ishlari boshlanadi
19:53 / 11.12.2024