Bir yil davomida aholiga qancha ko‘mir yetkazib berilgani ochiqlandi
2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha 23,1 mln kub metr (prognozga nisbatan 89,4 foiz) kon ustini ochish ishlari bajarildi. "O‘zbekko‘mir" rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yildagi faoliyat yakunlari va 2024 yildagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, ko‘mir qazib chiqarish 5 836,0 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,6 foiz (5 800,0 ming tonna) bajarilgan. Iste’molchilarga 5 396,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,6 foiz (5 257,5 ming tonna) bajarilgan.
Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 469,1 mlrd so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 100,0 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 313,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 101,7 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foiz.
2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va budjet tashkilotlariga jami 1 750,7 ming tonna, shundan aholiga 1 175,9 ming tonna, budjet tashkilotlari uchun jami 574,8 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 346,2 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’yektlariga 228,6 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga aholiga 1 mln 102,4 ming tonna, budjet tashkilotlariga jami 569,4 ming tonna, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 349,2 ming tonna, davlat xususiy sheriklik (DXSh) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’yektlariga 220,2 ming tonna mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.
Mavzuga oid
21:54 / 23.12.2024
Mo‘g‘uliston havo ifloslanishini kamaytirish uchun «ko‘k ko‘mir» ishlab chiqaradi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
23:29 / 04.12.2024
Samarqandda aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotgan ombor mudiri ushlandi
14:36 / 13.11.2024