O‘zbekiston | 19:06 / 20.03.2024
6434
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi portal ishga tushdi 

Unda shahar hududida PM2,5, PM10 i PM1 - mayda zarrachalar darajasi, havo harorati, namlik, atmosfera bosimi kabi ma’lumotlarni olish mumkin. Ko‘rsatkichlar har soatda yangilanadi. 

Foto: Kun.uz

Toshkentda havo sifati monitoringi uchun ochiq ma’lumotlar platformasi — Air Tashkent ishga tushirildi. U poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan mahalliy olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 

Portal departamentga tegishli va 2022 yilda o‘rnatilgan 10 ta OXUS-WS stansiyalaridan ma’lumotlarni to‘playdi, dedi shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Aleksey Xen. 

Jumladan, stansiya sensorlari PM2,5, PM10 i PM1 — mayda zarrachalar darajasi, havo harorati, namlik, atmosfera bosimi (faqat «Xalqlar do‘stligi» stansiyalari va «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida mavjud), ultrabinafsha nurlanish darajasi (faqat «Xalqlar do‘stligi» stansiyalari va «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida), shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘ingarchilik darajasi, karbonat angidrid (CO2) darajasi bo‘yicha ma’lumot to‘playdi. 

Qayd qilinishicha, stansiya ko‘rsatkichlari har soatda portalda yangilanadi. Saytda oxirgi yetti kunlik statistikani ham ko‘rish mumkin. 

Air Tashkent har qanday platformada ishlaydi va turli qurilmalarda ishlash uchun optimallashtirilgani ta’kidlanmoqda. 

Moliyalashtiruvchi manbalar paydo bo‘lsa, departament sensorlar tarmog‘ini kengaytirish, Toshkent shahri va boshqa viloyatlar aholisi nafas olayotgan havo haqidagi ma’lumotlar aniqroq bo‘lishi, olimlar va mutaxassislarning tadqiqotlari uchun keng bazaga ega bo‘lish uchun yana 30 ta stansiya o‘rnatish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid