Iqtisodiyot | 18:28 / 21.03.2024
16828
2 daqiqa o‘qiladi

Kripto-birja va kripto-do‘kon uchun yig‘imlar miqdori oshirildi

Ta’kidlanishicha, kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat budjetiga tushumlarni kamida 2 barobar oshirish imkonini beradi, shu bilan birga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Foto: Getty Images

«Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, xususan kripto-birjalar va kripto-do‘konlar faoliyati tahlili ularning yetarli darajada rentabelligini ko‘rsatgan. 

Shu munosabat bilan, davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushumini ta’minlash maqsadida kripto-birja va kripto-do‘kon uchun yig‘imlar miqdori oshirilgan. Jumladan, kripto-birja uchun yig‘imlar 400 BHM - 740 BHM (136 mln – 251,6 mln so‘m), kripto-do‘kon uchun 20 BHM - 185 BHM (6,8 mln – 62,9 mln so‘m) miqdorida belgilangan. 

Ta’kidlanishicha, kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat budjetiga tushumlarni kamida 2 barobar oshirish imkonini beradi, shu bilan birga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Mazkur o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Mavzuga oid