Qo‘qon aeroporti foydalanishga topshirildi
Aeroportni rekonstruksiya ishlari uchun jami 156 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.
Qo‘qon aeroporti rekonstruksiya qilingandan so‘ng foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Transport vaziri Ilhom Mahkamov, viloyat sektorlari rahbarlari, Qo‘qon shahri rasmiylari va jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Joriy yil 1 apreldan boshlab ichki muntazam parvozlarni boshlash ko‘zda tutilgan Qo‘qon aeroportini yil yakuniga qadar xalqaro aeroport talablariga moslash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Qo‘qon aeroportining rekonstruksiya ishlari uchun jami 156 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi, bundan 40 mlrd so‘m 100 kishiga mo‘ljallangan, umumiy foydalanish maydoni 900 kv.m. bo‘lgan yangi yo‘lovchi terminalining qurilishi uchun, 107 mlrd so‘m uchish-qo‘nish yo‘lagini 2000 metrgacha uzaytirish uchun yo‘naltirildi.
Mavzuga oid
18:24
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024