Jahon | 07:50 / 25.03.2024
87121
3 daqiqa o‘qiladi

«Krokus Siti Holl»dagi terakt ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar sudda - fotosuratlar

Ulardan birining qulog‘i kesilgan, yana birining ko‘zi yumuq, boshqalarining yuz va ko‘zlari ko‘kargan.

24 mart kuni Moskvaning Basman sudida tergovning «Krokus Siti Holl»dagi konsert zalida 22 mart kuni sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha to‘rt figurantni qamoqqa olish bo‘yicha so‘rovi ko‘rib chiqildi. FXX gumonlanuvchilar 23 mart kuni Bryansk oblastida ushlanganini ma’lum qilgan: ular mashinada Rossiya-Ukraina chegarasi tomon harakatlangani aytilgan. Shundan keyin z-kanallarda to‘rt gumondordan ikki nafari Rajabalizoda Saidakrami Murodali va Shamsiddin Fariduni so‘roq vaqtida qiynoqqa solingani aks etgan foto va videolar tarqaldi. Propagandachi Margarita Simonyan «guruh rahbari» deb atagan Dalerjon Mirzoyev hamda Rajabalizoda Saidakrami Murodali avvalroq tergov izolyatoriga yuborilgandi. Quyida sud zalidan asosiy kadrlar keltiriladi.

Denis Voronin / «Moskva» agentligi
Vasiliy Kuzmichyonok / «Moskva» agentligi
Aleksandr Zemlyanichenko / AP / Scanpix / LETA
Pavel Bednyakov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Dalerjon Mirzoyev Basman sudida majlis zaliga olib kirilmoqda
Aleksandr Zemlyanichenko / AP / Scanpix / LETA
32 yoshli Dalerjon Mirzoyev — Tojikiston fuqarosi, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, uning Novosibirskdagi vaqtincha turish muddati o‘tib ketgandi. U aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.
Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA
Rajabalizoda Saidakrami Murodali zalga olib kirilmoqda. Kuchishlatar tuzilmalar xodimlari aynan uning qulog‘ini kesib, og‘ziga solib qo‘yishgandi. Foto: Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA
Rajabalizoda Saidakrami Murodali «akvarium»da
Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA
Terakt sodir etishda ayblanayotganlarning uchinchisi — Shamsidin Fariduni. Z-kanallar uni tok bilan qiynashayotgani aks etgan fotoni namoyish etgan
Shamil Jumatov / Reuters / Scanpix / LETA
To‘rtinchi ayblanuvchi — Muhammadsobir Fayzovni sud zaliga kreslo-zambilda olib kelishgan
Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA
Fayzov atrofdagi voqealarga hech qanday reaksiya ko‘rsatmagan
Vasiliy Kuzmichyonok / Agenstvo «Moskva»

Mavzuga oid