830 mln so‘mlik LED chiroqlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Respublikaga hujjatlari bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda post xodimlari va Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi xodimi tomonidan “Yallama” chegara bojxona post orqali mas’uliyati cheklangan jamiyatining nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan Volvo rusumli avtotransport vositasida bojxona ko‘rigi o‘tkazilgan.
Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 830 mln so‘mlik 200 120 dona LED chiroqlar va 1 332,5 kg LED chiroqlarning ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:15
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
10:54 / 01.12.2024