O‘zbekiston | 14:31 / 03.04.2024
9375
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yirik bozorlarni ko‘p qavatli qilib qayta qurish taklif etildi

Foto: Gazeta.uz

Prezident yer o‘ta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

«Masalan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qo‘shimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat obektlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning o‘rnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni joylashtirish dasturini tasdiqlash topshirildi.

Ijtimoiy sohada xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish orqali ham ish o‘rinlarini yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Masalan, tumandagi 7-sonli shahar shifoxonasi uchun 200 o‘rinli yangi bino qurish cho‘zilib kelyapti. Yangi bino ishga tushsa, undan bo‘shaydigan 4,7 gektarda xususiy sheriklik asosida koreyalik investorlar 160 million dollarlik 420 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika qurish tashabbusini bergan.

Mutasaddilarga shahar shifoxonasi qurilishini jadallashtirishga ko‘rsatma berildi.

  • Bundan oldinroq prezident Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid