O‘zbekiston | 15:50 / 06.04.2024
10136
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya OAV: Rossiyaliklar bahorgi ta’tilini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor

Rossiyaning ommabop "Pravda.Ru" elektron nashri Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi ma’lumotlari tayanib bugungi kunda rossiyalik turistlar orasida O‘zbekistonga bahorgi sayohatga talab oshganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

"Turizm bozori hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘sish taxminan 20 foizni tashkil qiladi. Talabning eng yuqori ko‘rsatgichi joriy yilning aprel oyida bo‘lishi kutilmoqda va u may oyi o‘rtalarigacha davom etadi", – deyiladi maqolada.

Sayyohlik bozori ishtirokchilari ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida O‘zbekistonga rejalashtirilgan sayohatlarni oldindan bron qilish kerak. Vaqt qisqargani sayin aviachiptalar qimmatlashadi va ba’zi ekskursiya dasturlarida joylar etishmasligi mumkin.

Nashrda shuningdek, rossiyalik sayohatchilar O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylaridan maksimal darajada foydalanish uchun 7 kundan 10 kungacha bo‘lgan uzoq turlarni afzal ko‘rishlari ta’kidlangan.

 "Bunday sayohatlarning narxi ikki kishi uchun 90 ming rubldan boshlanadi (taxminan 900 AQSh dollari). Bunda parvoz narxini hisobga olinmaganda. Narxlar tanlangan ekskursiya dasturiga va borish sanasiga bog‘liq", – deb yozgan "Pravda.Ru".

Mavzuga oid