Qiziriq tumani hokimi Surxondaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
Sherzod Rajabov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ushbu lavozimida ishlab kelgan Anvar Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yangi birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu lavozimida ishlab kelgan Anvar Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rnida Sherzod Rajabov ish boshladi.
Sh.Rajabov 1984 yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2014 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligi guruh rahbari, Uzumchilikni rivojlantirish agentligining bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024