Jahon | 07:45 / 23.04.2024
10411
3 daqiqa o‘qiladi

AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi

Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi va AEXA o‘zining eronlik hamkasblari faoliyatini «kerakli darajada ko‘rish imkoniyatiga» ega emas, dedi Rafael Grossi DW nashriga bergan intervyusida.

Foto: AP/picture alliance

Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega bo‘lishiga «oylar emas, haftalar» qoldi. Bu haqda 22 aprel, dushanba kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi DW nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Eronning uranni boyitish darajasi deyarli yadroviy qurol yaratish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetayotgani xavotir uyg‘otsa-da, Eronda bunday qurollar allaqachon bor, degan xulosaga kelish mumkin emas, deya qo‘shimcha qildi Grossi. AEXA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ishlaydigan yadroviy kallakni yaratish boyitilgan uran ishlab chiqarishdan tashqari, «ko‘p boshqa narsalarni» talab qiladi, masalan, sinovlarni.

Eronning faoliyati - AEXA uchun «ko‘rinmas»

Eronning mamlakatga «tibbiy va fuqarolik» maqsadlarda yadroviy texnologiya kerakligi haqidagi kafolatlari boshqa savollarni tug‘diradi, dedi Grossi. Masalan, bu maqsadlar uchun boyitilgan uranning «shunday hajmlari» va uni ishlab chiqarishning «shunday tezligi» nima uchun kerak? Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavotirlar AEXA o‘zining eronlik hamkasblari faoliyatini «kerakli darajada ko‘rish»ga ega emasligi bilan kuchaymoqda.

Jurnalistning Eron yadroviy qurolni samarali ishlab chiqarayotgani va AEXA bu haqda bilmasligi mumkinmi degan savoliga Grossi ma’lumot yo‘qligi sababli «bu haqda taxmin qila olmayman», deb javob berdi.

Yadro quroli bo‘yicha gap-so‘zlarni normallashtirish - «mutlaqo achinarli»

Suhbat chog‘ida AEXA rahbari, shuningdek, Isroilning HAMAS bilan urushi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sharoitida yadroviy obektlarga hujumlar bilan bog‘liq suhbatlarni normallashtirish uchun «tashvishli tendensiya» mavjudligini ta’kidladi. Ular orasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasi yoki hatto HAMAS bilan urush boshida Isroil hukumati tomonidan aytilgan yadroviy quroldan foydalanish tahdidi bor. Grossining so‘zlariga ko‘ra, bunday normallashtirish yadroviy qurolni tarqatmaslik rejimining bosqichma-bosqich yo‘q qilinishiga olib keladi, u esa oxirgi 70 yil davomida yadro urushi oldini olishga imkon berdi.

Mavzuga oid