Jamiyat | 11:03 / 23.04.2024
34199
1 daqiqa o‘qiladi

Boysunda Damas jarga qulashi oqibatida 6 kishi vafot etdi 

Boysun tumanining Padang qishlog‘ida ichida 9 kishi bo‘lgan Damas mashinasi jarlikka tushib ketdi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, 6 kishi, jumladan 3 nafar bola voqea joyida vafot etgan. Ular tog‘ga dam olishga borishgan.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, YTH 21 aprel kuni soat 16:30lar atrofida tumanning Padang qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Dam olishga borganlarni olib ketayotgan Damas mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida jarlikka tushib ketgan. Mashinada 9 kishi bo‘lgan.

YTH oqibatida 6 kishi – 3 ayol va ularning bittadan farzandi voqea joyida vafot etgan. Halok bo‘lgan bolalarning bittasi 14 yoshli yigit, ikkitasi esa 8 va 9 yoshli qizlar. 

Shuningdek, 1981 va 1985 yillarda tug‘ilgan ikki ayol hamda 1974 yilda tug‘ilgan erkak og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli qanday ekanligi ma’lum emas.

YTH yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilgani yo‘q.

Mavzuga oid