Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi
Amaldorlarga isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilgan tadbirlarga bormaslik tavsiya etildi.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov prezident administratsiyasi hay’ati yig‘ilishida hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurishni» taqiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning barcha farmon va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilishi kerak. Vazirlar Mahkamasi rahbari Sadir Japarovning to‘y vaqtida chorva so‘yishni taqiqlash va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi qaroriga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Agar biror joyda isrofgarchilikni ko‘rsangiz, u yerga bormang. To‘yma-to‘y yurmang», dedi Oqilbek Japarov.
2022 yil fevralida Qirg‘izistonda prezident farmoni imzolandi va oilaviy tadbirlar paytida cheklovlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini oshirish, shuningdek, diniy marosimlar, to‘ylar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda jamiyatdagi ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi isrofgarchilikning oldini olish ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024