Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
30 aprel kuni Quddusdagi eski shahar maydonida turkiyalik erkak Isroil chegara politsiyasi zobitini pichoqlashga urindi. Holat videosi tarmoqda tarqalgan.
Isroil politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, zobitga hujum qilgan 34 yoshli turkiyalik Hasan Saklanan bo‘lgan. U Isroilga bir kun oldin Iordaniya orqali sayyoh sifatida kelgan. U politsiyaga hujum qilish uchun pichoqni Isroil hududida sotib olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda turkiyalik shaxs o‘zidan oldinda ketayotgan ikki nafar zobitni bir muddat kuzatgani, keyin ulardan biriga pichoq bilan hujum qilgani aks etgan. U chegara politsiyasi zobitining boshiga pichoq bilan zarba berishga urinadi, ammo zobitning bo‘yi balandligi sabab buni uddalay olmaydi.
Ikkinchi politsiyachi esa erkakni to‘xtatishga urinib, uni yerga yiqitadi. Olishuv davomida politsiyachilardan biri avvaliga uning peshonasidan otadi, keyin ikkinchi politsiyachi avtomatda erkakka qarata yana bir nechta o‘q uzadi.
Isroil politsiyasi axborotiga ko‘ra, pichoqlangan politsiya zobiti o‘rta darajada jarohat olgan. Turkiyalik esa voqea joyida halok bo‘lgan. Yaralangan 30 yoshli zobit tanasining yuqori qismidan bir nechta jarohat oladi. Politsiya e’lon qilgan suratda turkiyalik ishlatgan qurol – oddiy oshxona pichog‘i bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Ushbu voqeadan keyin Aqso masjidi joylashgan Haram ash-Sharif maydoni yopib qo‘yilgan. Voqea hududda Isroil politsiyasi patruli tekshiruv boshlaganda sodir bo‘lgan. Hodisadan keyin u yerga juda ko‘p sonli politsiyachilar, xususan, Quddusdagi Isroil politsiyasi rahbari general Doron Turjyeman ham yetib borgan.
OAVga ko‘ra, Quddusdagi bu voqea sodir bo‘lgan vaqtda Isroilning Samariya shahri Barta qishlog‘ida ham noma’lum shaxs Isroil chegara patruli zobitlariga hujum qilishga uringan. Aniqlik kiritilishicha, falastinlik yigit o‘g‘irlangan mashinani isroillik politsiyachilar ustiga haydashga harakat qilgan, lekin uni ulovga o‘t ochib to‘xtatib qolishgan. Voqea oqibatida bir kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
16:05 / 24.12.2024