GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi
U nutq, matn, video bilan ishlaydi va audioga 320 millisekundda javob beradi.
OpenAI kompaniyasi GPT-4o generativ sun’iy intellektga ega til modelining yangi versiyasini taqdim etdi. U nutq, matn, video bilan ishlaydi va audioga 320 millisekundda javob beradi, buni esa suhbatdoshning reaksiya vaqti bilan taqoslash mumkin. GPT-4o atamasidagi «o» harfi «omni»ni (keng qamrovli) anglatadi.
«GPT-4o ovoz, matn va video bilan ishlay oladi. Va bu nihoyatda muhim, chunki biz mashinalar va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar kelajagini ko‘rib chiqmoqdamiz», dedi OpenAI texnik direktori Mira Murati 13 may kuni San-Fransiskoda o‘tkazilgan taqdimotda.
GPT uzoq vaqtdan beri ovozli rejimni taklif qilayotgan edi, biroq GPT-4o foydalanuvchilarga ChatGPT bilan yordamchi sifatida muloqot qilish imkonini berib, ushbu xususiyatni sezilarli darajada yaxshilashi ta’kidlanmoqda.
Model real vaqt rejimida foydalanuvchining ovozli buyruqlariga javob beradi va ovozdagi ohangni ilg‘ay oladi, javobni esa «turli emotsional uslublar» bilan, jumladan, qo‘shiq orqali berishi mumkin. Yangi model 50 ta tilda ravon so‘zlashadi.
GPT-4o foydalanuvchilar uchun 13 maydan boshlab ishga tushirildi. Ammo cheklangan ovozli funksiyalardan «ishonchli hamkorlarning kichik guruhi» kelgusi haftadan boshlab foydalanishi mumkin. Pullik obunachilar uchun bu imkoniyat iyun oyida beriladi.
Mavzuga oid
00:05 / 23.12.2024
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
22:17 / 20.12.2024
Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
20:18 / 14.12.2024
OpenAI kompaniyasini qonunbuzarlikda ayblagan sobiq xodimi o‘lik holda topildi
21:08 / 30.11.2024