O‘zbekiston | 11:00 / 24.05.2024
2818
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya biznesi O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatini o‘rganmoqda

O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zbek mahsulotlarini Xorvatiya bozoriga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiyaning "Podravka" kompaniyasi bosh menejeri Mstislav Matiyevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zbek mahsulotlarini Xorvatiya bozoriga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qilindi.

Mstislav Matiyevich "Podravka" kompaniyasi o‘z biznesini yangi bozorlarda, xususan, Markaziy Osiyoda rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi. Uning aytishicha, O‘zbekiston mahsulotlarining tannarxi va sifati kompaniya talablariga mos kelsa eksportni yo‘lga qo‘yish mumkin.

Uchrashuv yakunida Xorvatiya korxonalariga tashriflarni tashkil etish va xorvat biznes vakillari bilan o‘zaro muloqot davom ettirish yo‘nalishida ham hamkorlik qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid