Jahon | 09:29 / 27.05.2024
2740
2 daqiqa o‘qiladi

Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum uyushtirganlikda gumon qilingan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U kamida uch kishini jarohatlagan.

Foto: AP

Fransiya politsiyasi Lion metrosida odamlarga hujum uyushtirganlikda gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda 26 may, yakshanba kuni shahar meri o‘rinbosari Muhammad Shixi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozdi.

Fransiyaning BFM telekanaliga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin. AFP agentligi, o‘z navbatida, mahalliy politsiyadagi manbaga tayanib, uch kishi jarohatlanganini, biroq ularning hech birida hayot uchun xavf tug‘diradigan jarohatlar yo‘qligini ma’lum qildi. Ikki kishining qorniga zarba berilgan, uchalasining ham qo‘llarida jarohat bor, deb yozadi AFP.

Mahalliy Le Progres gazetasining yozishicha, hujum 26 may kuni ertalab Lion metrosida sodir bo‘lgan. CR axborot portaliga ko‘ra, gumonlanuvchi Marokash fuqarosi. ActuLyon sayti politsiyadagi manbaga tayanib xabar berishicha, gumonlanuvchi 27 yoshda bo‘lib, avvallari mayda jinoyatlar sodir etgan. Hujumda gumon qilinayotgan shaxs hech qanday diniy yoki siyosiy bayonotlar bermagan, dedi ismini oshkor etmagan manba. Le Progres ta’kidlashicha, erkak o‘tmishda ruhiy kasalliklar tufayli kasalxonaga yotqizilgan. 

Mavzuga oid