Iqtisodiyot | 17:02 / 29.05.2024
20608
2 daqiqa o‘qiladi

So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi kun mustahkamlandi

Valuta birjasida o‘tgan beshta sessiyada dollarning so‘mga nisbati qariyb 84 so‘mga arzonlashdi.

Foto: Kun.uz

24 maydan 29 mayga qadar valuta birjasida o‘tgan beshta sessiyada dollarning so‘mga nisbati qariyb 84 so‘m, 12 640,87 so‘mgacha arzonlashdi. Oxirgi marta bunday holat 2022 yilning dekabr oyida kuzatilgan edi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning tushuntirishicha, bu o‘tgan hafta joylashtirilgan suveren obligatsiyalardan kelgan tushumning valuta birjasida sotilishi hisobiga yuz beryapti.

«Bu safar ham so‘mning vaqtincha mustahkamlanishi o‘tgan hafta joylashtirilgan suveren obligatsiyalardan (600 mln dollar va 600 mln yevro) valuta birjasiga chiqarib sotish hisobidan yuz bergan bo‘lishi mumkin. Birjadagi savdolar hajmidan kelib chiqilsa, shu hafta oxirigacha so‘mning mustahkamlanishi davom etishi ehtimoli yo‘q emas. May oyida ushbu tranzaksiyalar ro‘y bergani Markaziy bank intervensiyalari kamroq amalga oshirilishiga va oltin-valuta zaxiralarining oltin narxi omilisiz ham vaqtincha ko‘payishiga omil bo‘lishi mumkin», deya yozdi iqtisodchi.

Mavzuga oid