Sport | 20:23 / 29.05.2024
6407
1 daqiqa o‘qiladi

Vensan Kompani – «Bavariya» bosh murabbiyi

APL joriy mavsumida «Bernli» bilan quyi ligaga tushib ketgan Vensan Kompani yangi mavsumda «Bavariya»ni boshqaradigan bo‘ldi.

Foto: Getty Images

«Bavariya» klubi rasmiy sayti Vensan Kompani jamoa bosh murabbiyiga aylanganini e’lon qildi. 38 yoshli belgiyalik mutaxassis Myunxen klubi bilan 2027 yilning 30 iyun oyiga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Kompani 2020 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagach, «Andrlext» bosh murabbiyiga aylanib, Belgiya klubini 2 yil davomida boshqardi. 2022 yilda esa Angliyaning «Bernli» klubi bosh murabbiyiga aylanib, jamoani Chempionshipdan APLga olib chiqdi. 2023/24 yilgi mavsumda esa Kompani ustozligidagi «Bernli» 24 ochko bilan 19-o‘rinni egallab, Premer-ligani tark etdi.

Avvalroq, «Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola Myunxen klubi rahbariyatiga Vensan Kompanini tavsiya etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ungacha bir qator klublar nemis jamoasi taklifini rad etgandi.

Mavzuga oid