O‘zbekiston | 09:01 / 31.05.2024
2687
2 daqiqa o‘qiladi

Chinozda 36 ming dollarlik hujjatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yollama” bojxona posti oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan

Tadbirda fuqaro D.M. (muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 15,6 ming quti “Metakandid” va “Asiprobankt” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini fuqaro M.A.ga 36 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tibbiy buyum hisoblangan Goodlife nomli infuzion eritmalarni quyishda foydalaniladigan 155 qutidagi jami 123 ming 456 dona “sistema”larni fuqaro X.A.ga 200 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid