Olimlar ichak uchun xavfsiz antibiotikni yaratdi
U ko‘p dori-darmonlarga chidamli bakterial infeksiyalarga qarshi kurashadi, ammo sog‘lom bakteriyalarga ta’sir qilmaydi.
Illinoys universiteti (AQSh) olimlari foydali ichak mikroflorasini buzmaydigan yangi antibiotikni ishlab chiqdilar. Ushbu dori davolanish paytida nojo‘ya ta’sirlardan qochish imkonini beradi. Tegishli tadqiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi.
Antibiotiklar ko‘p odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Biroq, ular nafaqat patogen, balki foydali bakteriyalarni ham yo‘q qiladi va sog‘lig‘ini saqlash uchun zarur bo‘lgan ichak mikromuhitini buzadi. Antibiotiklar kursidan keyin odamlar turli infeksiyalarga nisbatan zaifroq bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda antibiotiklarga chidamli patogenlar ham paydo bo‘lib, ulardan foydalanishni yanada murakkablashtirmoqda.
Illinoys universiteti olimlari yangi avlod dori vositasini ishlab chiqqanini e’lon qilishdi. Ularning aytishicha, u ko‘p dori-darmonlarga chidamli bakterial infeksiyalarga qarshi kurashadi, ammo sog‘lom bakteriyalarga ta’sir qilmaydi.
Dori Lol (lipoproteinlar lokalizatsiyasi) tizimini bostirishga qaratilgan. Bu gram-manfiy bakteriyalar uchun muhim mexanizmdir, chunki u lipoproteinlarni ichki membranadan tashqi membranaga o‘tkazadi va bakteriyalar o‘sishiga yordam beradi.
Bu tizim zararli va foydali bakteriyalar o‘rtasida genetik jihatdan farqlanadi. Yangi preparatning kimyoviy tarkibi bu farqlarni hisobga oladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, preparat ko‘plab antibiotiklarga chidamli bo‘lgan E.coli, K.pneumoniae va E.cloacae bakteriyalarini 90 foizgacha yo‘q qilishga qodir. Davolash sepsisli sichqonlarning 100 foizini va pnevmoniya bilan kasallangan sichqonlarning 70 foizini saqlab qoldi. Biroq, foydali mikroblarning boyligi va xilma-xilligi terapiya davomida o‘zgarmagan.
Mavzuga oid
21:24 / 23.11.2024
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
20:23 / 23.11.2024
Qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi - tadqiqot
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
17:58 / 08.11.2024