Jahon | 12:00 / 08.06.2024
4749
2 daqiqa o‘qiladi

Xerson viloyati «hokimiyati»: Ukraina zarbasidan 22 kishi halok bo‘ldi

Xerson viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan «rahbari» Vladimir Saldo ma’lum qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan otilgan snaryad tashrif buyuruvchilar va xodimlar bo‘lgan do‘konga kelib tushgan. Ukraina hech qanday otishma haqida xabar bermadi.

Foto: AP

Xerson viloyatining «hokimiyati» Ukraina qo‘shinlarini 7 iyun, juma kuni Golopristanskiy munitsipal okrugi Sadovoye qishlog‘ini o‘qqa tutganlikda aybladi. Otishma natijasida 22 kishi halok bo‘ldi, dedi Xerson viloyatining egallab olingan qismi «gubernatori» Vladimir Saldo o‘zining Telegram-kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yana 15 kishi jarohat olgan, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir. «Hodisa joyida tezkor xizmatlar zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ishlamoqda», — deb yozadi u. 

Luhanskni o‘qqa tutish 

Shu kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari egallab olingan Luhanskdagi turar joy binosiga hujum qilgan edi. Mahalliy «hokimiyat» ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana 57 kishi jarohatlangan. 

Shu bilan birga, Luhansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Artem Lisogor zarbalar Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan urushda foydalanayotgan «jihozlangan» harbiy infratuzilmaga berilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari «turar joy hududlarida ishlamaganida, tinch aholi, ayniqsa bolalar orasida qurbonlar bo‘lmagan bo‘lar edi». 

Mavzuga oid