Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda
Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysida infratuzilmani faol rivojlantirmoqda, yuzlab baza stansiyalarini o‘rnatmoqda va modernizatsiya qilmoqda. Bu sa’y-harakatlar viloyatning millionlab aholisi uchun aloqa sifati va internet tezligini oshirishga qaratilgan.
So‘nggi oylarda Farg‘ona vodiysi bo‘ylab salmoqli miqdordagi baza stansiyalari o‘rnatildi va modernizatsiya qilindi. Farg‘ona viloyatida tarmoq qamrovini kengaytirish loyihasi doirasida 499 ta baza stansiyalari modernizatsiya qilindi, shundan 120 tasi — Qo‘qon shahrida. Viloyatning yirik shaharlarida — Farg‘ona va Marg‘ilonda ham 76 ta yangi baza stansiyasi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va o‘rnatish ishlari viloyatning bir qator tumanlari: Toshloq, Quva, Rishton, Qo‘shtepa, Oltiariq, Farg‘ona, Bag‘dod, Uchko‘prik, Furqat, Dang‘ara, O‘zbekiston, Buvayda tumanlarida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Andijon viloyatining Andijon shahri, shuningdek, Xonobod, Oltinko‘l, Andijon, Asaka, Baliqchi, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Shahrixon va Izboskan tumanlaridagi 272 ta baza stansiyalariga yangi sig‘imni oshiruvchi qurilmalar o‘rnatildi. 46 ta baza stansiyalari ilk bor efirga uzatildi.
Namangan viloyatining Namangan shahri, shuningdek, Kosonsoy, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Chust tumanlarida 27 ta yangi baza stansiyalari paydo bo‘ldi. 244 ta baza stansiyalari modernizatsiya qilindi.
Yil boshidan buyon Farg‘ona vodiysi bo‘ylab 1000 dan ortiq baza stansiyalari modernizatsiya qilindi va 2G/3G/4G texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi 150 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi. Hajm va ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish uchun kompaniya texnik mutaxassislari ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi va barqaror ishlashini saqlab qolgan holda, cheklangan hududda bir vaqtning o‘zida ko‘plab foydalanuvchilar va qurilmalarga xizmat ko‘rsatadigan Massive MIMO texnologiyasini muvaffaqiyatli qo‘llashdi. Bu ajoyib natijalarni keltirdi – Farg‘ona vodiysida bir abonentga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tezlik deyarli 50 foizga oshdi.
Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatishning ishonchliligi va tezligini oshirish maqsadida 339 ta radiorele liniyalari (RRL) ishga tushirildi, yangilandi va ularning hajmi kengaytirildi. Ushbu yaxshilanishlar kengroq hududda ko‘proq abonentlarga yuqori tezlikda xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Farg‘ona vodiysi bo‘ylab VoLTE trafik ulushi kundan-kunga ortib bormoqda. Endi u kuniga 86900 Erl’ni tashkil etmoqda (1 Erl bitta ovozli kanaldan 1 soat davomida uzluksiz foydalanishga to‘g‘ri keladi). Agar bu soatbay hisoblansa, bitta abonent deyarli 10 yil davomida to‘xtovsiz telefonda gaplashishi kerak bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, mijozlar 4G tarmog‘idan chiqmasdan, bir vaqtning o‘zida internetdan bahramand bo‘lish bilan birga yuqori sifatli ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin. Shuningdek, VoLTE qo‘ng‘iroqni 2G yoki 3G tarmog‘iga o‘tkazish hojati yo‘qligidan, zudlik bilan ulanish imkonini beradi.
Qolaversa, mintaqada Digital-operator refarming (chastotalarni qayta taqsimlash) hamda LTE texnologiyasining chastotalarini kengaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdi. Bugungi kunga kelib, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon va Andijon shaharlarida bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu o‘tkazish hajmi va ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish natijasida aloqa sifati va mobil Internet tezligini oshirish imkonini berdi.
Beeline Uzbekistan o‘z abonentlariga aloqa va axborot, davlat, fintex, ko‘ngilochar, ta’lim va boshqa onlayn xizmatlardan foydalanish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida tarmoqni rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda.
Yangi baza stansiyalari o‘rnatiladigan manzillarning batafsil ro‘yxati va Beeline tarmog‘ining qamrov xaritasi bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Mavzuga oid
18:08 / 25.12.2024
"Oila": Beeline Uzbekistan butun oila uchun tariflar lineykasini ishga tushirmoqda
16:00 / 26.11.2024
Beeline Uzbekistan komplayens ufqlarini kengaytirmoqda
17:20 / 21.11.2024
GSMA Beeline Uzbekistan va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda M360 Euroasia’ni Toshkentga olib keladi
18:00 / 06.11.2024