O‘zbekiston | 16:27 / 12.06.2024
12015
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 12–13 iyun kunlari sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Foto: Kun.uz

12–13 iyun kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu bo‘yicha «O‘zgidromet» ogohlantirish berdi.

Sel kelishi kutilayotgan hududlar:

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Mavzuga oid