Jamiyat | 19:00 / 12.06.2024
4508
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Pepsi festivali start oldi! Bayramni o‘z shahringizda kutib oling!

Foto: Pepsi

8 iyun Qarshida, 9 iyun Termizda bu yilgi yozning eng ajoyib dam olish kunlari bo‘ldi. Pepsi'ning yangi logotipi taqdimoti sharafiga o‘tkazilgan yirik open air'da unutilmas taassurotlar olish va xursandchilik qilishni sevadiganlar birga vaqt o‘tkazishdi. 

Festivalning qiziqarli dasturi va xarizmatik san’atkorlar sabab bir necha soatlar bir zumda o‘tib ketgandek bo‘ldi!

DJ Frost'ning sho‘x treklari jonli musiqaga ulandi — Bravo simfonik orkestri sevimli filmlar va teleseriallarning saundtreklarini mahorat bilan ijro etdi. So‘ngra  Double Touch yangi raqs nomerlari bilan sahnaga chiqdi. Bu orada qimmatbaho sovg‘alar beriladigan tanlovlar tomoshabinlarni xursand qildi. Shokir va Konsta sahnaga chiqqanida esa ular bilan birga butun Qarshi va Termiz ahli hayajon bilan qo‘shiq kuyladi. 

Qarshidagi oqshomning eng unutilmas nuqtasi dron-shou edi, albatta! Qorong‘u osmonda Pepsi'ning yangi logotipi nur sochganida quvonchli hayqiriqlar yangradi. Festival mehmonlari ushbu ajoyib daqiqalardan esdalik qolsin deb uni smartfonlarida suratga olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Pepsi 15 yil ichida ilk bor o‘z dizaynini yangiladi. Brend ushbu tadbirni keng miqyosda va o‘ziga xos uslubda nishonlab, butun mamlakat bo‘ylab jonli musiqa festivallarini o‘tkazmoqda! O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z shahrida bayramning ajoyib atmosferasi, sho‘x kuy-qo‘shiqlar va Pepsi'ning yorqin ta’midan rohatlanishi mumkin. 

Unutilmas tadbirning ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizga qo‘shiling, festival kunlari sevimli musiqalaringiz, ajoyib raqslar va quvonchli lahzalar sizni kutmoqda! Ishonamiz, Pepsi'ning yangi logotipi bu yilgi yozning eng yoqimli xotiralaridan biri bo‘lib qoladi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid